Samarqand hududi 20 gektarga kengayadi, yangi massivlar barpo etiladi

1 daqiqa o'qish855
Samarqand hududi 20 gektarga kengayadi, yangi massivlar barpo etiladi

Samarqand yanada ulkan shaharga aylanmoqda. Prezident matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadov ma’lumotiga ko‘ra, Oqdaryo, Payariq, Pastdarg‘om, Toyloq va Samarqand tumanlaridan jami 17,5 ming gektar yer shahri hududiga qo‘shiladi. Shu orqali aholi soni 604 mingdan 882 ming nafargacha oshishi kutilyapti.

Yangilangan shahar ehtiyojini qondirish maqsadida uchta yirik massiv — «Shirin», «Temiryo‘l orti» va «Qorasuv-2»da 700 dan ortiq ko‘p qavatli uylar qurilib, 300 mingdan ziyod aholiga zamonaviy sharoit yaratiladi.

Bu hududlarda maktab, bolalar bog‘chasi, shifoxona, oliygoh, savdo va biznes markazlari, mehmonxona, restoran hamda dam olish maskanlari bunyod etilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, kelasi yili 49 ta viloyat tashkiloti «Shirin» massiviga ko‘chiriladi. Yil oxirigacha «Qoradaryo» ustidan o‘tgan 577 metrli ko‘prik foydalanishga topshirilib, yangi massivning markaz bilan bog‘lanishi yengillashadi.

Ispaniyalik investorlar bilan hamkorlikda ushbu uch massivning kanalizatsiya tizimi to‘liq yangilanadi. Yuk harakatini cheklash maqsadida esa magistral yo‘l bo‘ylab 4 ta logistika markazining qurilishi rejada.

Samarqand shaharining bu kengayishi — aholisi tez o‘sib borayotgan qadimiy shaharni yanada qulay, zamonaviy va imkoniyatlarga boy megapolisga aylantirishga qaratilgan muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?