date

Samarqand hududi kengayib, aholi soni sezilarli ortmoqda

Samarqand hududi kengayib, aholi soni sezilarli ortmoqda

Samarqand shahri hududi rasman 17,5 ming gektarga kengaymoqda. Prezident matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadov ma’lumotiga ko‘ra, Oqdaryo, Payariq, Pastdarg‘om, Toyloq va Samarqand tumanlarining qismlari shahar tarkibiga qo‘shilishi natijasida aholi soni 604 mingdan 882 ming kishigacha yetadi.

Aholi o‘sishi va shahar daromadining ko‘payishi ortidan zamonaviy uy-joylarga talabni qondirish maqsadida uchta yirik massiv tanlab olingan:

— “Shirin”da 180 ming aholiga,

— “Temiryo‘l orti”da 100 ming aholiga,

— “Qorasuv-2”da 30 ming aholiga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar barpo etiladi.

Bu hududlarda maktab, bog‘cha, oliygoh, shifoxona, biznes markazi, savdo majmualari va ko‘ngilochar maskanlar ham quriladi. Samarqanddagi 49 ta viloyat tashkiloti kelasi yili “Shirin” massiviga ko‘chiriladi. Shuningdek, yil oxirigacha “Qoradaryo” ustidan 577 metrli ko‘prik ishga tushiriladi.

Ispaniyalik investorlar bilan hamkorlikda ushbu uchta massivda kanalizatsiya tizimi to‘liq yangilanadi.

Shaharga kiruvchi yuk mashinalari oqimini kamaytirish uchun Oqdaryo, Toyloq va Samarqand tumanlari xududida magistral yo‘l bo‘ylab 4 ta logistika markazi barpo etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Samarqand hududi kengayib, aholi soni sezilarli ortmoqda