Toshkentda Navro‘zgacha yangi istirohat bog‘i quriladi

Toshkentda Navro‘zgacha yangi istirohat bog‘i quriladi
Toshkentda Navro‘zgacha yangi istirohat bog‘i quriladi

Toshkent shahrida yana bir ko‘ngilochar bog‘ barpo etiladi. Bu haqda Qalampir.uz xabar berdi.

Yangi madaniyat va istirohat bog‘i Mirzo Ulug‘bek tumanida ochilishi belgilangan. Tumanning sobiq hayvonot bog‘i hududi yangi istirohat bog‘iga aylanadi. Ayni vaqtda bu yerda bog‘ barpo etish, yo‘llarni tekislash ishlari olib borilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, bog‘ maydoni 12 gektarni tashkil etadi. Istirohat bog‘idan joy oluvchi attraksionlar, savdo va ovqatlanish shahobchalari, dam olish hududlari, sayr yo‘laklari butunlay yangi loyiha asosida barpo etilishi mo‘ljallangan.

Sobiq “Ekopark” hududi o‘rnida tashkil etiladigan yangi madaniyat va istirohat bog‘i shu yil Navro‘z ayyomiga qadar foydalanishga topshiriladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar