21:59 / 25.01.2017
7 582

O‘zbekistonda kelasi yildan xorijga chiqish pasportlari joriy etiladi

O‘zbekistonda kelasi yildan xorijga chiqish pasportlari joriy etiladi

O‘zbekistonda kelasi yildan boshlab xorijga chiqish pasportlari amalga kiritilishi mumkin, deb xabar bermoqda "Diydoraziz" sayti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xorijga chiqish pasportlari mamlakatda amalda bo‘lgan stikerlarga nisbatan ustunliklarga ega ekanligi barchaga ayon bo‘ldi.

«Xorijga chiqish pasporti, qoida bo‘yicha 10 yil muddatga beriladi, stiker esa ikki yilga beriladi. Ya’ni fuqaro xorijga chiqish uchun kerakli hujjatlarni taqdim etuvchi organlarga hozirgiga nisbatan besh marta kamroq murojaat qiladi. Hozirda ekspertlar va jamoatchilik bo‘lajak o‘zgarishlarning barcha jihatlarini muhokama qilmoqda, hozircha yakuniy qaror va mexanizmlari qanday bo‘lishi aniq emas. Shu yilning oxirigacha barcha zarur amaliyotlar ko‘rsatilgan hujjatni tayyorlashni rejalashtirganmiz, xorijga chiqish pasportlari esa kelasi yildan joriy etilishi mumkin», — dedi O‘zbekiston adliya vaziri o‘rinbosari Nodir Jo‘raev.

Ammo vazir o‘rinbosari MDH mamlakatlariga chiqish tartibi qanday bo‘lishi haqida aniq fikr bildira olmadi.

«Hozircha biror narsa deyish qiyin, muhokama ketmoqda. Menimcha, hozircha MDH mamlakatlariga hozirgidek ichki pasport bilan chiqish mumkin bo‘ladi. Xorijga chiqish pasporti bilan esa har qanday mamlakatga chiqish mumkin. Shuningdek, bojxona ko‘rigidan o‘tish jarayonini ham yengillashtirish, masalan, O‘zbekistonga ayrim mamlakatlardan uchib kelgan turistlar uchun «yashil yo‘lak» tizimini, ya’ni tezkor o‘tishni joriy etish ko‘zda tutilmoqda», — dedi vazir Nodir Jo‘raev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonni 2021 yilga qadar rivojlantirish strategiyasi doirasida pasport-viza tizimini takomillashtirish, xususan, ichki va xorijga chiqish pasportlarini joriy etish rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda kelasi yildan xorijga chiqish pasportlari joriy etiladi