11:13 / 26.01.2017
8 532

Markaziy bank plastik kartadan naqd pul echib olish masalasini hal qilishga va’da berdi

Markaziy bank plastik kartadan naqd pul echib olish masalasini hal qilishga va’da berdi

Markaziy bank bugungi kunda ko‘pchilik fuqarolar uchun muammoli bo‘lgan plastik kartalardan naqd pul echish masalasini tartibga solish bo‘yicha qator choralarni ko‘radi. Bu haqda Markaziy bank pul muomalasi departamenti xodimi Faxriddin Boboyev joriy media-haftalik doirasida ma’lum qildi, deb yozadi «Daryo» nashri.

Markaziy bank vakili so‘zlariga ko‘ra, hozirda ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan bu yil O‘zbekistonga 2000 ta infokioska va 1000 ta bankomat etkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Qurilmalar bank bo‘linmalariga, shuningdek, 50 dan ortiq xodimlari bo‘lgan kompaniya va korxonalarga o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

«Bundan tashqari, biz naqd pulsiz hisob-kitob tizimini rivojlantirishni davom ettiramiz. Tez orada respublikadagi mutlaqo barcha savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari terminallar bilan jihozlanadi. Shunda naqd pul olish borasida shov-shuvlar yuzaga kelmaydi», — dedi Markaziy bank xodimi.

Shuningdek, Faxriddin Boboyev Markaziy bankning shaharlar va qishloq joylardagi mini-banklar sonini oshirish rejalari haqida gapirib berdi. Belgilangan me’yorlarga ko‘ra 5 kilometrlik radiusda bitta bank, uning bo‘linmasi yoki mini-bank joylashgan bo‘lsa, endi radiusni 1 kilometrgacha kamaytirish rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Markaziy bank plastik kartadan naqd pul echib olish masalasini hal qilishga va’da berdi