date

Elektron sigaretalarga qarshi jazolar keskin kuchaytirildi

Elektron sigaretalarga qarshi jazolar keskin kuchaytirildi

O‘zbekistonda yangi qabul qilingan qonun (O‘RQ–1098, 27 noyabr 2025 y.) orqali bir qator amaldagi hujjatlarga jiddiy o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Eng asosiy yangiliklardan biri — Jinoyat kodeksiga elektron sigaretalar va nikotinli tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga oid yangi modda kiritilgani bo‘ldi.

Yangi talabga ko‘ra, mamlakat hududiga muomalasi taqiqlangan nikotin mahsulotlari — elektron sigaretalar, veyplar, maxsus suyuqliklar yoki boshqa elektron nikotin yetkazib beruvchi qurilmalarni tayyorlash, sotish, saqlash, tashish, olib kirish yoki olib chiqish “ancha miqdor”da sodir etilsa, yoki bu ilgari ma’muriy jazo qo‘llanganidan keyin qayta takrorlansa, javobgarlik keskin kuchaytiriladi.

Qonunga muvofiq, bunday qonunbuzarlik uchun quyidagi jazolar belgilandi:

— Bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 500 baravarigacha jarima;

— 2 yoki 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari;

— 3-yildan 5-yilgacha ozodlikni cheklash;

— 3-yildan 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Biroq qonun jamiyatning manfaatlarini o‘ylab, motivatsion norma ham joriy etgan: agar qoidabuzar qilingan ishni tan olsa, ixtiyoriy ravishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilsa va taqiqlangan mahsulotlarni topshirsa, shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi. Bu esa noqonuniy bozor ishtirokchilarini o‘z ixtiyori bilan yo‘lga qaytishga chaqiradi.

Shu bilan birga, “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonunga ham o‘zgartish kiritilib, elektron sigareta va ular uchun mo‘ljallangan suyuqliklar aylanishi qat’iy taqiqlandi.

Qabul qilingan o‘zgartishlar yoshlar salomatligini himoya qilish, zararli odatlarning avj olishini cheklash hamda elektron tamaki vositalarining noqonuniy bozorini qisqartirishga qaratilgan. Mutasaddilar fikricha, bu qadam kelajak avlod sog‘lig‘ini asrashda muhim burilish nuqtasi bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Elektron sigaretalarga qarshi jazolar keskin kuchaytirildi