date

Toshkentda davlat boshqaruvini yangilaydigan global forum boshlandi

Toshkentda davlat boshqaruvini yangilaydigan global forum boshlandi

Bugun poytaxtning Xalqaro kongress markazi muhim tadbirga mizbonlik qilmoqda — byurokratik to‘siqlarni qisqartirish, davlat boshqaruvini zamonaviy model asosida qayta tashkil qilish va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etishga bag‘ishlangan xalqaro forumlar o‘z ishini boshladi. Ochilish marosimida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etishi kutilmoqda.

Forum doirasida davlat xizmatlarini raqamli formatga o‘tkazish, idoralar faoliyatining shaffofligini oshirish, qaror qabul qilish jarayoniga innovatsion mexanizmlarni tatbiq etish kabi muhim masalalar atroflicha muhokama qilinadi. Ayniqsa, sun’iy intellekt asosida ishlovchi yechimlardan samarali foydalanish bo‘yicha xalqaro ekspertlarning fikr-mulohazalari ham o‘rtaga tashlanadi.

Shuningdek, ishtirokchilar uchun muhim uchrashuvlardan biri – davlat rahbarining Birlashgan Arab Amirliklarining hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiya bilan muloqoti hisoblanadi. Uchrashuvda raqamli hukumat, innovatsion menejment, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va sun’iy intellektni joriy etish borasida tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Forum ishtirokchilari shuningdek O‘zbekistoning ochiq, zamonaviy va texnologik davlat boshqaruviga o‘tish strategiyasi, xalqaro sheriklar bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari, yangi tashabbuslar va hamkorlik yo‘nalishlarini ham muhokama qiladi.

Tadbirlar nafaqat amaldagi ishlarga katta turtki berishi, balki mamlakatda innovatsion boshqaruv madaniyatini shakllantirishda ham muhim bosqich bo‘lishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda davlat boshqaruvini yangilaydigan global forum boshlandi