20 ta oliygohda sun’iy intellekt laboratoriyasi ochiladi

O‘zbekistondagi «Raqamli hukumat» markazida mamlakatdagi birinchi superkompyuter klasteri ishga tushirilib, uning quvvati kelasi yil uch barobar oshirilishi rejalashtirildi. Joriy yilning o‘zida respublikadagi 20 ta oliy ta’lim muassasasida sun’iy intellekt laboratoriyalari tashkil etiladi. Yoshlar tarmoq va hududlardagi muammolarga yechim topish jarayonida mazkur superkompyuter hamda laboratoriyalardan bepul foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Raqamli hukumat” markazida O‘zbekistondagi birinchi superkompyuter klasteri ishga tushirildi. Rejaga ko‘ra, kelasi yil uning quvvati uch barobar oshiriladi.
Joriy yilning o‘zida 20 ta oliy ta’lim muassasasida sun’iy intellekt laboratoriyalari tashkil etiladi. Yoshlar tarmoq va hududlardagi muammolarga sun’iy intellekt orqali yechim topish jarayonida ushbu superkompyuter hamda laboratoriyalardan bepul foydalanishi mumkin bo‘ladi.
So‘nggi yillarda Toshkent, Nukus, Qarshi, Termiz, Urganch va Farg‘ona shaharlarida zamonaviy AT parklar ishga tushirildi. O‘tgan hafta Yangi Namanganda yana bir yirik loyiha boshlandi.
Shuningdek, Andijon, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Guliston, Chirchiq, Nurafshon va Navoiy shaharlarida umumiy maydoni 100 ming kvadrat metr bo‘lgan yirik AT parklar qurilishi boshlanmoqda.
Bu loyihalar hisobiga 20 mingdan ortiq yoshlar uchun yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, “Mening birinchi kompyuterim” dasturi yo‘lga qo‘yiladi. Unga ko‘ra, ehtiyojmand oilalardagi 10 ming nafar yoshga noutbuk xarid qilish xarajatining yarmi Raqamli texnologiyalar jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi.
Qolgan qismi uchun esa uch yil muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi.































Izohlar 0
…