date

Humans bankrotlikka uchradi, to‘lov xizmati to‘xtatildi

Humans bankrotlikka uchradi, to‘lov xizmati to‘xtatildi

O‘zbekistonda keng foydalanilgan Humans ekotizimi atrofida jiddiy o‘zgarish kuzatilmoqda. Markaziy bank 9-dekabr holatiga ko‘ra, Humans ilovasi orqali “Octagram” AJ tomonidan amalga oshirilib kelgan barcha to‘lov xizmatlari vaqtincha to‘xtatilganini rasman ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, iqtisodiy sud 14-oktyabr kuni Humans kompaniyasini bankrot deb topish haqida qaror chiqargan. Eng muhim jihati — kompaniya faoliyati to‘liq yopilmagan, lekin uni faoliyatni to‘xtatmagan holda tugatish jarayoni boshlangan. Bu esa tizimdagi barcha operatsiyalar, ayniqsa to‘lov xizmatlari, nazorat va huquqiy jarayon tugallanmaguncha cheklanib turishini anglatadi.

Markaziy bank Humans kartalaridagi mablag‘lar bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Ayni damda mutasaddilar foydalanuvchilar mablag‘larining holati, ularning yechib olinishi va qaytarilishi yuzasidan to‘liq audit o‘tkazmoqda. Regulyator yaqin kunlarda bu masala bo‘yicha qo‘shimcha rasmiy ma’lumot berilishini bildirdi.

Ushbu vaziyat Humans servisidan foydalanib kelgan minglab iste’molchilar o‘rtasida savollarni ham, xavotirlarni ham kuchaytirdi. Ekspertlar bu jarayon to‘liq huquqiy tartib va nazorat ostida kechishi kerakligini qayd etmoqda.

Yaqin kunlarda Markaziy bankning qo‘shimcha izohlari masalaning qay yo‘sinda hal bo‘lishini yanada oydinlashtirishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Humans bankrotlikka uchradi, to‘lov xizmati to‘xtatildi