
Bugun, 3 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 09:37 da O‘zbekiston shaharlarida er silkinishlari sezildi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Zilzila episentri Toshkentdan 170 kilometr janubi-sharqda, Tojikistonning Qayroqqum suv ombori hududida kuzatildi. Episentrda zilzila magnitudasi 4,9 ga teng bo‘ldi.
Toshkent shahrida 2, Olmaliqda 2-3 balli er osti silkinishlari sezildi.
Eslatib o‘tamiz, 2 fevral, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan 23:35 da Samarqand va Jizzax viloyatlari oralig‘ida 4,2 magnitudali zilzila yuz bergandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar