17:45 / 03.02.2017
7 015

Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlari takomillashtirilmoqda

Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlari takomillashtirilmoqda

Anvar Usmonov, “Audi servis plyus” MChJ ijrochi direktori:
—Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qabul qilingan qarori mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi vakillari uchun ayni muddao bo‘ldi. Tadbirkor va ishbilarmonlar, shu sohada faoliyat yuritish istagida yurgan ko‘p sonli fuqarolar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi.

Aytish kerakki, bugun tadbirkorlik sub’ektlari o‘z faoliyatini boshlash uchun hali-hanuz turli davlat idoralariga murojat qilmoqda, lisenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish jarayonida turli muammolarga duch kelmoqda. Ko‘pgina davlat xizmatlari, afsuski, hali ham an’anaviy usullarda, qog‘oz shaklida ko‘rsatilmoqda.

Yangi qaror asosida “Yagona darcha” markazlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 16 turdagi ruxsatnomalarni boshqa idoralarga bormasdan rasmiylashtirish amaliyoti kelgusida sansalorliklarning oldini olishga, tadbirkorlarning vaqti va moddiy sarf-harajatlarini tejashga ko‘maklashadi.

Qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida sansalorlik, byurokratik to‘siqlar va rasmiyatchilik holatlari vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslikka, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng qo‘llash orqali ularning sifati va samaradorligini tubdan oshirishga qaratilgan.

Ushbu huquqiy hujjatga muvofiq tuman va shaharlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga “yagona darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlarini ko‘rsatish markazlari tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqaruviga o‘tkazilmoqda. Bu esa “Yagona darcha” markazlarini samarali boshqarish, ularning faoliyatini va boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil etishga nisbatan tizimli yondashuvni belgilash imkoniyatini beradi.

Ishonamanki, qarorni amalga oshirish, shubhasiz, tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga, aholining davlatga nisbatan ishonchini oshirishga, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu g‘oyani hayotga joriy etishga yaqindan ko‘maklashadi. O‘z navbatida, tadbirkorlar ish faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yadi, ortiqcha sansalorlik, qog‘ozbozliklarga chek qo‘yadi, muhimi, tadbirkorlik sub’ektlarining erkin samarali faoliyat yuritishini ta’minlaydi.

Yoqutxon Azimova, “Zaynab investor” xususiy korxonasi rahbari:
—Keyingi yillarda mamlakatda xususiy mulkni ishonchli himoya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ta’minlash borasida yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar samarasida rejadan tashqari tekshirishlarga chek qo‘yilib, ishbilarmonlar uchun keng yo‘l ochildi.

Ayniqsa, tadbirkorlik tuzilmalariga davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlarini tubdan oshirishga doir kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar ko‘rilgani, tadbirkorlik faoliyatidagi turli noqonuniy tekshirishni oldini olishga qaratilgan farmon va qarorlar qabul qilingani tadbirkorlar uchun ayni muddao bo‘ldi.

Davlatimiz rahbarining yaqinda matbuotda e’lon qilingan “Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori esa ortiqcha qog‘ozbozliklarning oldini olishi bilan nihoyatda dolzab ahamiyatga egadir.

Endilikda tadbirkorlik sub’ektlariga yuqoridagi lisenziya va ruxsatnomalarni olish uchun boshqa idoralarga bormasdan, ularni aniq muddatlarda beradigan “Yagona darcha” markazlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojat qilish imkoniga ega bo‘ladi. “Yagona darcha” markazlari barcha zarur kelishish tartib-tamoillarini tadbirkorlik sub’ekti ishtirokisiz mustaqil amalga oshiradi. Zero, qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida sansalorlik, byurokratik to‘siqlar va rasmiyatchiliklarning oldini olishda, erkin samarali faoliyat yuritishiga qaratilgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir.

Bugun biz tadbirkorlarning quvonchimiz cheksiz, o‘ylagan maqsadlarimizga tez va oson yo‘l bilan erishayaapmiz. Mazkur huquqiy hujjatning qabul qilingani tadbirkorlik faoliyatimizni yanada kengaytirishda, emin-erkin samarali faoliyat yuritishimizda, sifat va son jihatidan yangi yuksak natijalarni qo‘lga kiritishimizga keng zamin yaratadi. Endi biz tadbirkorlar soliq to‘lash va investisiya kiritish orqali mamlakat iqtisodiyoti rivojiga, odamlarning bandligini ta’minlashga katta hissa qo‘shamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlari takomillashtirilmoqda