date

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston poytaxti Ashxobodga amaliy tashrifi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Davlatimiz rahbari tashrif davomida Turkmanistonning doimiy betarafligining 30 yilligi, Xalqaro betaraflik kuni va 2025-yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili”ga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etdi hamda nutq so‘zladi.

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Prezident Serdar Berdimuhamedov bilan muzokaralar o‘tkazdi. Delegatsiyalar rahbarlari tashrif doirasida Ashxoboddagi yangilangan Betaraflik majmuasini ham ko‘zdan kechirdi.

Tadbirlar yakunlangach, O‘zbekiston Prezidenti Ashxobod xalqaro aeroportida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Xojamirat Geldimiradov va boshqa rasmiy shaxslar tomonidan kuzatildi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi