Shahrisabz chorrahasida davlat bayrog‘i tasvirli LED konstruksiya o‘rnatiladi

Shahrisabz shahrida ko‘chalar qiyofasini yanada chiroyli qilish maqsadida yangi yoritish konstruksiyasi o‘rnatishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev obodonlashtirish ishlari bilan tanishish davomida mazkur loyiha amalga oshirilayotgan hududga ham bordi. Ayni paytda chorrahaning to‘rt tomonidan po‘lat troslar tortilib, O‘zbekiston davlat bayrog‘i tasviri tushirilgan halqasimon LED yoritish moslamasini o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan.
Hokim mas’ullar bilan konstruksiyaning texnik yechimlari, uni o‘rnatish jarayoni va xavfsizlik talablarini muhokama qildi.
Yangi yoritish bezagi Shahrisabz ko‘chalarining tungi manzarasiga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlashi kutilmoqda.































Izohlar 0
…