Toshkentdagi «Manas» restorani yonib ketdi (foto)
Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasida «Grand Mir» mehmonxonasi yonida joylashgan «Manas» restoranida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda manbalarga asoslanib «Daryo» xabar berdi.

Foydalanuvchilar ilova qilgan suratlarda restoran deyarli butunlay yonib ketganini, binoning tomi qulab, temir konstruksiyalar ko‘rinib qolganini ko‘rish mumkin. Yana bir suratda restoran xodimlari ichkaridan jihozlarni ko‘chaga tashib chiqarmoqda.

Alanga kuchliligidan, uning tutunini Toshkentning ko‘plab hududlaridagi fuqarolar payqadi va o‘zlari olgan suratlar bilan bo‘lishdi.

Foydalanuvchilar yozishicha, voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar etib kelib, yong‘inni bartaraf etgan. Hodisada qurbon bo‘lganlar va jarohat olganlar haqida ma’lumot yo‘q.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing