
Favqulodda vaziyatlar vazirligi respublika hududida havo haroratining keskin pasayishi, ko‘p miqdorda qor yog‘ishi va yo‘llarda muzlamalar hosil bo‘lishi munosabati bilan tezkor xabarnoma chiqardi, deb yozadi Kun nashri.
Unda noqulay ob-havo tufayli quyidagi ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan:
- xonadonlarni isitishda pechlar va boshqa isitish uskunalarining sozligiga e’tibor qarating;
- mo‘rikonlarni tozaligi va to‘g‘ri o‘rnatilishini qat’iy nazoratga oling;
- gaz plitalardan xonani isitish maqsadida foydalanmang;
- ko‘chaga chiqqanda mavsumga mos ravishda kiyining;
- muzlama hosil bo‘lgan yo‘laklar va hududlardan imkon qadar harakatlanmaslik choralarini ko‘ring;
- yo‘llarda avtotransport vositalarini boshqarishda ehtiyot choralarini ko‘ring;
- bino va inshootlar tom va tarnov qismlarida sumalak hosil bo‘ladigan joylardan ehtiyot bo‘ling. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing