16:36 / 11.02.2017
15 016

Xiva shahri dunyoning eng go‘zal 35 shahri qatoriga kiritildi

Xiva shahri dunyoning eng go‘zal 35 shahri qatoriga kiritildi

So‘nggi kunlarda g’arbiy Evropaning turli bosma va elektron nashrlarida yurtimiz sayyohlik imkoniyatlari, tarixiy shaharlari haqida bir qator maqolalar chop etila boshladi.

5 fevral kuni Buyuk Britaniyaning etakchi nashrlaridan biri "The Telegraph" ozining saytida «Har vir inson hayoti davomida korishi kerak bolgan 35 shahar» nomli maqola chop etdi. Ushbu maqolada dunyoning barcha burchagida – Buyuk ipak yoli boylab joylashgan qadimgi shaharlar bilan birga Afrika, Evropa, Janubiy va Shimoliy Amerikaning eng gozal shaharlar orasidan 35-tasi saralab olingan. Maqolada har bir shahar haqida mashxur yozuvchi va sayyohlar tomonidan berilgan ta’rifu tavsif ilova qilingan.

Ushbu ro‘yxatga yurtimizning Xiva shahri kiritilgan bo‘lib, "The Telegraph" gazetasi muhbiri, sayyoh Kris Moss tavsiyasiga asoslanadi. Muxbir yurtimizga 2014 yilda qilgan tashrifi ta’surotlari asosida quyidagilarni yozadi – “Xiva shahri yodgorliklar Ipak yo‘lining Markaziy Osiyodagi turistlar sevgan Samarqand va Buxoro shaharlaridan sira qolishmaydi. Garchi bugungi kunda Xiva shahrining qiyofasi zamonaviy “pardoz”dan xoli bo‘lmasa-da, ammo tong otar va kun botarda minoralar va jin ko‘chalarida zamonaviylik asorati qolmay, qadimgi zamonlardagi qiyofaga qaytadi.”

Go‘zallik va mavtunkorlik nisbiy tushuncha ekani bilan ham qiziqarli va boshqa millat vakili sifatida muxbir so‘zlardan bir xulosaga kelish mumkin. Yurtimizning tarixiy shaharlari ularning asl holatni saqlagan, qadim zamon nafasini beruvchi nuragan va darz ketgan holatda chet ellik sayyohlar ongiga chuqurroq ta’sir kuchiga ega. Bu esa qadimgi arxitektura obidalarimiz restavratsiyasi va ularni qayta tiklash bilan shug’ullanuvchi mutaxassislarga yana ham katta mas’uliyat yuklaydi.

The Telegraph gazetasining maqolasidan o‘rin olgan 35 shahar qatorida Parij, Isfaxon, Sankt Peterburg, Rio de Janeyro, Venesiya, Edinbug, Gavana kabi shaharlar joy olgan.

Ma’lumot uchun, "The Telegraph" gazetasi 1855 yilda Londonda tashkil etilgan. 2016 yilning dekarb oyi holatiga ko‘ra, gazeta 460 054 nusxada chop etilgan. Ushbu gazeta materiallarni o‘zining internet sahifasi va mobil ilovasi orqali ham chop etib boradi va barcha platformalar orqali gazeta materiallarini 4 million o‘quvchiga etkaziladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xiva shahri dunyoning eng go‘zal 35 shahri qatoriga kiritildi