15:43 / 20.02.2017
6 379

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaraviy hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaraviy hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikromov 15 fevral kuni Farg‘onada Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Jenish Razakov bilan uchrashdi, deb xabar qildi «Gazeta.uz» sayti.

Uchrashuvda chegaraviy hamkorlik, shuningdek o‘zbek va qirg‘iz davlat chegaralarini delimitasiya va demarkasiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Davlat chegaralaridagi oydinlik kiritilmasdan qolgan uchastkalar yuzasidan kelishuvga erishish bo‘yicha ishlarni tez orada yakuniga etkazish zarurligi qayd etildi.

Bundan tashqari, ikki davlat hukumatlari delegasiyalari a’zolari 16 fevral kuni O‘sh shahrida joylashgan Bobur nomidagi drama teatrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 24 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosimda ishtirok etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaraviy hamkorlikni muhokama qildi