Pedofillar uchun ochiq jamoatchilik reyestri taklif qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumanida 14 yoshli qiz bir necha shaxs tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragani haqida xabarlar tarqaldi.
Bu munosabat bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, «Milliy tiklanish» fraksiyasi a’zosi Dilnoza Azizova bolalarga nisbatan jinsiy qiynoq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish zarurligini ta’kidladi.
Deputat takliflaridan asosiylari quyidagilar:
- Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazoni keskin kuchaytirish;
- Bolalarga qarshi jinsiy jinoyat sodir etgan shaxslar uchun ochiq va jamoatchilik nazoratidagi reyestr joriy etish;
- Maktab, mahalla va oila darajasida bolalarni himoya qilish bo‘yicha majburiy profilaktik tizimni shakllantirish;
- Jabrlanuvchi bolalarga davlat hisobidan uzluksiz psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatish mexanizmini mustahkamlash.
Deputat ta’kidlaganidek, bu choralar bolalarni himoya qilish va huquqbuzarliklarni oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing