date

Samarqandda martdan havo ekskursiyalari boshlanadi

Samarqandda martdan havo ekskursiyalari boshlanadi

Samarqand viloyatida joriy yil mart oyidan e’tiboran vertolyot orqali havo ekskursiyalari tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi. Xabarga ko‘ra, Uzbekistan Helicopters kompaniyasi hududiy parvozlarni amalga oshirish uchun dastlab ikkita vertolyotni jalb etadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, havo sayohatlari Urgut, Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Ishtixon hamda Bulung‘ur tumanlari uzra tashkil etiladi. Viloyat turizm boshqarmasi vakili Muhammad Mardonovning ta’kidlashicha, mazkur yangi yo‘nalishlar sayyohlarga betakror tabiat manzaralarini yuqoridan tomosha qilish, shuningdek, hududdagi mashhur va diqqatga sazovor maskanlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatini beradi.

Xususan, havo ekskursiyalari davomida sayyohlar Kattaqo‘rg‘on suv ombori atrofida barpo etilgan yangi dam olish hududi, shuningdek, al-Buxoriy memorial majmuasini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, havo ekskursiya xizmatlarining boshlang‘ich narxi taxminan 100 AQSH dollarini tashkil etadi. Kelgusida xizmatga bo‘lgan talab oshishi bilan vertolyotlar soni ko‘paytirilib, qo‘shimcha parvozlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Samarqandda martdan havo ekskursiyalari boshlanadi