O‘zbekiston armiyasi mintaqada yetakchi: yangi reytingda nechanchi o‘rinda?

Global Firepower Index’ning yangilangan reytingida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari 145 ta davlat orasida 53-o‘rindan joy oldi. Reytingni tuzgan mutaxassislar armiyalarni 60 dan ortiq ko‘rsatkich asosida baholaydi: mudofaa xarajatlari, texnik ta’minot, shaxsiy tarkib soni, tanklar, samolyotlar, kemalar, logistika, resurslar, geografiya va boshqa muhim omillar shu ro‘yxatda bor.
Qizig‘i, Markaziy Osiyoda O‘zbekiston birinchi o‘ringa chiqdi. Qo‘shnilar orasida Qozog‘iston 58-o‘rin, Turkmaniston 78-o‘rin, Tojikiston 100-o‘rin, Qirg‘iziston 109-o‘rin, Afg‘oniston esa 121-o‘rinda qayd etilgan.
Sobiq SSSR davlatlari kesimida ham O‘zbekiston yuqori natija ko‘rsatdi: umumiy ro‘yxatda uchinchi o‘rin, ya’ni faqat Rossiya (2-o‘rin) va Ukraina (20-o‘rin) armiyalaridan keyin.
Reytingning dunyo miqyosidagi Top-10 qismida esa quyidagi davlatlar peshqadam sifatida keltirilgan:
1. AQSH
2. Rossiya
3. Xitoy
4. Hindiston
5. Janubiy Koreya
6. Fransiya
7. Yaponiya
8. Buyuk Britaniya
9. Turkiya
10. Italiya
Xulosa shu: raqamlar “hammasi zo‘r” degani emas, lekin tendensiya yomon emas — O‘zbekiston mintaqada pozitsiyani ushlab turibdi. Endi eng muhimi, reytingdagi o‘rin emas, real tayyorgarlik, texnologiya va kadr sifatini uzluksiz oshirish.