date

Xorazmda Urganch Xiva orasida yangi pulli avtomobil yo‘li quriladi

Xorazmda Urganch Xiva orasida yangi pulli avtomobil yo‘li quriladi

Xorazm viloyatida transport infratuzilmasini tubdan yaxshilash maqsadida Urganch—Xiva yo‘nalishida yangi pulli avtomobil yo‘li qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Xiva hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, loyiha doirasida umumiy uzunligi 32 kilometr bo‘lgan yangi avtomobil yo‘li barpo etiladi. Ushbu yo‘l mavjud yo‘nalishlarga muqobil bo‘lib, transport qatnovini sezilarli darajada yengillashtiradi, safar vaqtini qisqartiradi va harakat xavfsizligini oshiradi. Yo‘l to‘liq foydalanishga topshirilgach, undan foydalanish pulli asosda amalga oshiriladi.

Yangi trassa ishga tushirilishi natijasida Urganch va Xiva shaharlari o‘rtasidagi qatnov sifati yaxshilanadi, yuk va yo‘lovchi tashish tezlashadi hamda hududning investitsion va turistik jozibadorligi oshadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, trassa Urganch shahri hududidan boshlanib, aylanma yo‘nalish orqali Xiva shahriga tutashadi.

Pulli yo‘l mavjud avtomobil yo‘llaridagi yuklamani kamaytirish, tirbandliklarni bartaraf etish va tranzit transport vositalarini aholi zich yashaydigan hududlardan chiqarishga xizmat qiladi. Mutaxassislar fikricha, pulli asosda qurilishi trassaning doimiy saqlanishi, ta’mirlanishi va xizmat ko‘rsatish sifati yuqori bo‘lishini ta’minlaydi.

YUNESKO Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Xiva shahriga olib boruvchi yangi pulli trassa sayyohlar uchun ham qulaylik yaratadi. Sayohat vaqti qisqarishi orqali ichki va tashqi turizm oqimi oshishi, shu bilan birga hudud iqtisodiyotiga qo‘shimcha daromad kirishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xorazmda Urganch Xiva orasida yangi pulli avtomobil yo‘li quriladi