Toshkent viloyatidagi xonadondan 3 kg marixuana topildi

Toshkent viloyatidagi xonadondan 3 kg marixuana topildi
Toshkent viloyatidagi xonadondan 3 kg marixuana topildi

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar vaqtida Qo‘shyog‘och qishloq fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxsning uyi tekshirildi, deya yozmoqda Daryo nashri.

Tekshiruv natijasida paketlarga qadoqlangan holda 220 gramm gashish va uch kilogramm marixuana giyohvandlik moddasi topilib, musodara qilindi.

Xabar berishlaricha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar