date

O‘zbekistonda 13,7 million tonna sabzavot yetishtirildi

O‘zbekistonda 13,7 million tonna sabzavot yetishtirildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 13,7 million tonna sabzavot yetishtirildi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 1,2 foizga o‘sgan. Qisqasi, dalalar “ishladi”, natija ham bor.

Hududlar kesimida eng katta ulush Andijon viloyati hissasiga to‘g‘ri keldi — 2 089 165 tonna. Undan keyingi o‘rinlarda:

  • Samarqand — 1 686 136 tonna
  • Farg‘ona — 1 616 016 tonna
  • Surxondaryo — 1 451 656 tonna
  • Toshkent viloyati — 1 378 833 tonna

Qolgan viloyatlarda ham hosil salmoqli bo‘lgan:

  • Buxoro — 1 190 463 tonna
  • Namangan — 1 163 885 tonna
  • Xorazm — 737 123 tonna
  • Qashqadaryo — 663 909 tonna
  • Jizzax — 559 047 tonna
  • Qoraqalpog‘iston — 419 043 tonna
  • Navoiy — 413 048 tonna
  • Sirdaryo — 352 921 tonna
  • Toshkent shahri — 1 557 tonna
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 13,7 million tonna sabzavot yetishtirildi