date

Elchixonadan yangi ogohlantirish: Isroil–Misr chegarasi bo‘yicha ma’lumotlar berildi

Elchixonadan yangi ogohlantirish: Isroil–Misr chegarasi bo‘yicha ma’lumotlar berildi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi navbatdagi rasmiy ogohlantirish bilan chiqdi.

Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, Isroil va Misr o‘rtasida joylashgan «Begin» («Taba») chegara o‘tish punkti hozirda 24 soatlik ish rejimida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Qayd etilishicha, amaldagi va haqiqiy hujjatlarga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari uchun Sinay yarimoroli hududiga kirishda viza talab qilinmaydi.

Shu bilan birga, chegaradan o‘tish jarayonida ortiqcha navbatlar va kechikishlarning oldini olish maqsadida chegara yig‘imlarini oldindan onlayn tarzda to‘lab qo‘yish qat’iy tavsiya etilgan.

Elchixona axborotiga ko‘ra, xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat sababli qolgan quruqlikdagi chegara o‘tish punktlaridan foydalanish ayni paytda maqbul deb hisoblanmaydi.

Bundan tashqari, Isroil–Misr chegarasidagi o‘tish punktlari ish tartibida qisqa muddat ichida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Shu bois, fuqarolarga safarni rejalashtirishdan oldin eng so‘nggi va dolzarb ma’lumotlarni rasmiy manbalar orqali yana bir bor aniqlab olish tavsiya qilindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Elchixonadan yangi ogohlantirish: Isroil–Misr chegarasi bo‘yicha ma’lumotlar berildi