date

Umradagi o‘zbekistonliklar uchun Jiddadan Toshkentga repatriatsiya reyslari tashkil etiladi

Umradagi o‘zbekistonliklar uchun Jiddadan Toshkentga repatriatsiya reyslari tashkil etiladi

Umra ziyoratiga borgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida maxsus repatriatsiya parvozlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati rasman ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston aviatsiya rasmiylarining ko‘rsatmasi asosida mamlakatda faoliyat yuritayotgan barcha aviakompaniyalarga keyingi rasmiy xabarga qadar ziyoratchilarni umra dasturi bo‘yicha Saudiya Arabistoni hududiga olib borish vaqtincha to‘xtatib turish topshirilgan. Ushbu cheklov, jumladan, Uzbekistan Airways'ning Jidda hamda Toshkent o‘rtasida amalga oshiriladigan parvozlariga ham taalluqli.

Aviakompaniya xabar qilishicha, 2026 yil 2 mart sanasidan boshlab, umra dasturi doirasida Uzbekistan Airways reyslari orqali Saudiya Arabistoniga borgan O‘zbekiston fuqarolarini bosqichma-bosqich mamlakatga qaytarish maqsadida Jidda — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha repatriatsiya reyslari tashkil etiladi.

Qayd etilishicha, mazkur parvozlar chet elda qolib ketgan ziyoratchilarni xavfsiz va rejali tarzda vatanga olib kelishga qaratilgan bo‘lib, reyslar jadvali va qo‘shimcha ma’lumotlar aviakompaniya tomonidan keyinchalik e’lon qilinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Umradagi o‘zbekistonliklar uchun Jiddadan Toshkentga repatriatsiya reyslari tashkil etiladi