date

Qatar osmoni yopildi: 48 nafar o‘zbekistonlik Doha aeroportida qoldi

Qatar osmoni yopildi: 48 nafar o‘zbekistonlik Doha aeroportida qoldi

O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi ma’lum qilishicha, Qatar havo hududining vaqtincha yopilishi sababli Doha shahrida joylashgan Hamad xalqaro aeroportida Toshkentga qaytishi kerak bo‘lgan 48 nafar fuqaro qolib ketgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aviareyslar vaqtincha to‘xtatilgani bois yo‘lovchilarni joylashtirish masalasida muammo yuzaga kelgan. Elchixona xodimlari zudlik bilan vaziyatga aralashib, fuqarolarni vaqtinchalik mehmonxonalarga joylashtirishga erishgan.

Ta’kidlanishicha, Qatar havo hududi qayta ochilishi bilan o‘zbekistonliklarning vatanga xavfsiz qaytishi ta’minlanadi. Vaziyat elchixona nazoratida bo‘lib, fuqarolardan vahimaga berilmaslik va faqat rasmiy manbalarga tayanish so‘ralmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qatar osmoni yopildi: 48 nafar o‘zbekistonlik Doha aeroportida qoldi