Ilya Malinin figuristlar o‘rtasida qisqa dastur bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

Sport1 daqiqa o'qish14
Ilya Malinin figuristlar o‘rtasida qisqa dastur bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

Ota-onasi xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan amerikalik figurist Ilya Malinin qisqa dastur bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi. U Tokioda o‘tkazilgan Gran-pri bosqichida 114,81 ball to‘plab, avvalgi natijadan yuqoriroq ko‘rsatkich qayd etdi. Bu haqda Xalqaro konkichilar ittifoqi (ISU) rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Malinin 27 noyabr kuni Yaponiya poytaxti Tokioda bo‘lib o‘tgan NHK Trophy musobaqasida qisqa dasturni namoyish etdi. Uning chiqishi hakamlar tomonidan 114,81 ball bilan baholandi. Bu qisqa dastur bo‘yicha avvalgi eng yuqori natijadan 0,84 ballga ko‘p.

Bungacha jahon rekordi amerikalik Natan Chenga tegishli edi. U 2022 yilda Pekinda o‘tkazilgan Qishki Olimpiya o‘yinlarida qisqa dastur uchun 113,97 ball to‘plagan.

Ma’lumot uchun, Ilya Malininning ota-onasi — Tatyana Malinina va Roman Skornyakov ham professional figurist bo‘lgan. Ular 1998 va 2002 yillardagi Qishki Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan. Hozirda esa o‘g‘lining murabbiylari sifatida faoliyat yuritadi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?