14:29 / 19.04.2017
9 682

O‘zbekistonliklarning Rossiyaga kirish ta’qiqi qanday olib tashlanadi?

O‘zbekistonliklarning Rossiyaga kirish ta’qiqi qanday olib tashlanadi?
Rossiyada bo‘lish, migrasiya hisobida turish yoki mehnat bilan shug‘ullanish qoidalarini buzgan xorijiy davlat fuqarolariga nisbatan Rossiya qonunchiligiga binoan jarima va sud qaroriga ko‘ra, Rossiya Federasiyasi hududidan chiqarib yuborish va Rossiya hududiga kirishga cheklov qo‘yish choralari qo‘llaniladi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Rossiyaga kirish huquqi cheklangan shaxslar Rossiya Federasiyasining davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan taqdirda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.

Kirish ta’qiqi to‘g‘risidagi ma’lumotni Rossiya Ichki ishlar vazirligining www.fms.gov.ru veb-sahifasidan olish mumkin. 
Rossiyaning vakolatli organlarining kirishga ruxsat bermaslik to‘g‘risidagi qarorini tegishli sud instansiyalariga yoki Rossiya IIV Migrasiya masalalari bo‘yicha boshqarmasining yuqori turuvchi organiga qonuniy tarzda shikoyat qilish orqali bekor qilish mumkin.

1993 yil 22 yanvarda Minsk shahrida imzolangan Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiyaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Rossiya IIVning hududiy bo‘linmalariga yoki Rossiyaga kirishga ta’qiq qo‘ygan organga www.mvd.rf va www.ps.fsb.ru veb-sahifalarining elektron manzillariga o‘z arizalarini jo‘natish orqali murojaat qilishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonliklarning Rossiyaga kirish ta’qiqi qanday olib tashlanadi?