
O‘zbekiston Markaziy banki "Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomondan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga o‘zgartirishlar kiritdi.
Yangi o‘zgarishlarga ko‘ra, endilikda yakka tartibdagi tadbirkorlar bank kartalari orqali nafaqat ishlab chiqarish ehtiyojlari bilan bog‘liq to‘lovlarni amalga oshirishlari, balki istalgan tovarni xarid qilishlari yoki istalgan ko‘rinishdagi xizmatga haq to‘lashlari mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, tadbirkor o‘z bank kartasini boshqa shaxslarga ishlatish uchun berishi mumkin.
Bunday to‘lovlar amalga oshirilganda kvitansiya va schyotlar asl nusxalari, ularga ilova qilinadigan va terminal orqali to‘lovni qabul qilgan xizmatchi tomondan imzolangan hamda "to‘landi" pechati qo‘yilgan bankomat, infokiosk va terminal kvitansiyalari hisobot hujjatlari hisoblanadi. Shu bilan birga tomonlar, ya’ni sotuvchi va bank kartasi egasi o‘rtasida tegishli shartnoma tuzishga ham hojat bo‘lmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar