O‘qishni ko‘chirishda sertifikatli talabalarga imtiyoz beriladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar uchun yangi tartib joriy etiladi.
Endilikda milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega talabalar imtihonlarda tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball olishi mumkin.
Arizalar har yili 15 iyuldan 5 avgustgacha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, maxsus elektron platforma yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.
Hujjatlar to‘liq topshirilmasa, noto‘g‘ri ma’lumot kiritilsa yoki belgilangan to‘lov vaqtida amalga oshirilmasa, ariza rad etilishi mumkin.
Davlat xizmatidan foydalanish uchun BHMning 50 foizi miqdorida to‘lov undiriladi.






























Izohlar 0
…