O‘zbekistonda avtobus yo‘l haqini oshirish bo‘yicha yangi taklif bildirildi

O‘zbekistonda avtobus yo‘l haqini oshirish bo‘yicha yangi taklif bildirildi
Qisqacha

O‘zbekistonda jamoat transportida yo‘l haqini iqtisodiy jihatdan asoslangan darajaga yetkazish taklifi ilgari surildi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Fiskal tahlillar instituti ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda jamoat transporti xarajatlarining 65,1 foizi davlat subsidiyalari hisobidan qoplanmoqda va bu ko‘rsatkich 2024 yilda 1 trillion so‘mni, 2025 yilda 1,2 trillion so‘mni, 2026 yilda esa 1,385 trillion so‘mga yetgan.

O‘zbekistonda jamoat transportida yo‘l haqini iqtisodiy jihatdan asoslangan darajaga yetkazish taklifi ilgari surildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Fiskal tahlillar instituti tomonidan o‘tkazilgan muloqot davomida ma’lum qilindi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda jamoat transporti xarajatlarining 65,1 foizi davlat subsidiyalari hisobidan qoplanmoqda. Subsidiyalar hajmi yil sayin ortib bormoqda: 2024 yilda bu ko‘rsatkich 1 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2025 yilda 1,2 trillion so‘mga, 2026 yilda esa 1,385 trillion so‘mga yetgan.

Institut hisob-kitoblariga ko‘ra, brutto-shartnomalarni moliyalashtirish uchun har yili taxminan 1,9 trillion so‘m talab etiladi. Ushbu mablag‘ning 1,3 trillion so‘mi poytaxt Toshkentdagi jamoat transporti tizimi hisobiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekistonda avtobus yo‘l haqini oshirish bo‘yicha yangi taklif bildirildi

Mutaxassislar ta’kidlashicha, davlat tomonidan ajratilayotgan subsidiyalar miqdori oshib borayotganiga qaramay, transport tizimining samaradorligi va ajratilgan mablag‘lar natijadorligini baholash mexanizmi yetarli darajada shaffof emas.

Shu munosabat bilan yo‘lovchilar soni kam bo‘lgan yo‘nalishlarni qayta ko‘rib chiqish, tariflarni iqtisodiy jihatdan asoslangan darajaga moslashtirish, hududlarda jamoat transporti tarmog‘ini yanada rivojlantirish, imtiyozli toifadagi aholini manzilli qo‘llab-quvvatlash hamda tashuvchilarga to‘lovlarni xizmat sifati ko‘rsatkichlari (KPI) asosida amalga oshirish taklif qilindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyi boshida mazkur institut O‘zbekistonda 1 foizlik soliq keshbeki tizimini bosqichma-bosqich bekor qilish tashabbusi bilan ham chiqqan edi.

Ekspertlar fikricha, ushbu mexanizm dastlab aholida fiskal chek talab qilish madaniyatini shakllantirishda muhim rol o‘ynagan. Biroq bu amaliyot keng ommalashgach, uni moliyaviy rag‘batlantirishga bo‘lgan ehtiyoj asta-sekin kamayib bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar