O‘zbekiston pasporti jahon reytingida qaysi pog‘onadan joy oldi?

2026 yil uchun yangilangan Global Passport Index reytingida O‘zbekiston 123-o‘rinni egalladi.
Reyting tuzuvchilari mamlakatlarni uchta asosiy mezon bo‘yicha baholagan. O‘zbekiston pasport harakatchanligi bo‘yicha 129-o‘rinda, investitsion jozibadorlik bo‘yicha 89-o‘rinda, hayot sifati ko‘rsatkichida esa 119-o‘rinda qayd etilgan.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori natijani Qozog‘iston ko‘rsatib, 107-o‘rinni egallagan. O‘zbekiston 123-o‘rin bilan mintaqada ikkinchi bo‘lgan.
Qirg‘iziston 127-o‘rinda, Tojikiston 140-o‘rinda, Turkmaniston esa 144-o‘rinda joylashgan.
O‘zbekiston uch mezon orasida eng yaxshi natijani investitsion jozibadorlik yo‘nalishida qayd etgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat mintaqadagi bir qator davlatlardan yuqori o‘rin olgan.































Izohlar 0
…