
Joriy yilning yanvar — mart oylari davomida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi va xorijdagi koncullik muassasalari tomonidan 52 224 nafar chet el fuqarolariga kirish vizalari berilgan. Ularning 19 197 nafarini sayyohlar va 8 613 nafarini biznesmenlar tashkil etadi. Bu haqda vazirlik ma’lumotlariga asoslanib Hordiq.uz xabar beradi.
Tahlillarga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kirish vizalari ko‘rsatkichi 6 foizga o‘sgan. Sayyohlik vizalari hajmi 13 foizga ortgan.
Hisobot davrida O‘zbekistonning sayyohlik kompaniyalari 40 ta xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashib, mamlakatimizning sayyohlik salohiyatini namoyish etishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar