Toshkentda 1,3 mlrd so‘mdan ortiq gaz talon-toroj qilingani aniqlandi

Toshkent shahrining Yashnobod va Yunusobod tumanlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, davlat manfaatlariga yetkazilgan umumiy zarar 1,3 mlrd so‘mdan oshgan.
Yashnobod tumanida «O. F.» MCHJga qarashli noturar bino tekshirilganda, gaz hisoblagich ishiga aralashilgani ma’lum bo‘lgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu holat orqali 956 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Shu tumandagi «A. F.» MCHJga tegishli do‘konda ham shunga o‘xshash qoidabuzarlik qayd etilgan. Bu yerda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida 331 mln so‘mlik zarar hisoblangan.
Yunusobod tumanida esa fuqaro V. A. o‘ziga tegishli obyektni gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulagani aniqlangan. Bu holat bo‘yicha noqonuniy iste’mol qilingan gaz qiymati 84 mln so‘m deb baholangan.
Har bir holat yuzasidan nazorat tadbirlari va huquqiy baholash ishlari davom etmoqda.































Izohlar 0
…