Shahlo Alijonova: "To‘yimizga bir yil bo‘ldi"

Shahlo Alijonova Instagram sahifasi orqali muxlislari bilan yana bir quvonchli voqeani bo‘lishdi. San’atkor turmush o‘rtog‘i Shoxrux Ro‘ziboyev bilan oila qurganiga roppa-rosa bir yil to‘lganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Shahlo Alijonova va Shoxrux Ro‘ziboyevning nikoh to‘yi 2025 yilning 7 iyul kuni bo‘lib o‘tgan edi. O‘tgan bir yil davomida er-xotin ijtimoiy tarmoqlarda oilaviy hayotidan iliq va samimiy lahzalarni tez-tez ulashib, kuzatuvchilari e’tiborini qozonib kelmoqda.
Aktrisa to‘y suratlarini e’lon qilib, ularga quyidagi ta’sirli izohni yozib qoldirdi:
“2025.07.07 ~ 2026.07.07. Bugun to‘yimizga bir yil bo‘pti. Vaqtning o‘tishini qaranglar, nazarimda to‘yimizga hali bir oy bo‘lgandek. Shu bir yil ichida qanchalik baxtli bo‘lgan bo‘lsam, qolgan umrimizni ham shunday baxt bilan o‘tkazishni Alloh nasib qilsin. Bizga baxt tilagan, havas qilgan barchani ham Allohim shunday baxt bilan siylasin.”
Aktrisaning ushbu posti qisqa vaqt ichida minglab layk va izohlarni jamladi. Kuzatuvchilar yosh oilani samimiy tabriklab, ularga uzoq umr, mustahkam oila, tinchlik va cheksiz baxt tilab ezgu tilaklarini bildirishmoqda.































Izohlar 0
…