Avtomatik parkovkadagi dahshat: ayol mashina ostida qoldi (video)

Avtomatik parkovkadagi dahshat: ayol mashina ostida qoldi (video)

Xitoyda avtomatik avtoturargohda yuz bergan baxtsiz hodisa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol telefonga berilib ketgani sabab xavfli hududga kirib qolgan.

Kuzatuv kameralari tasvirlarida ayol telefonidan foydalanayotgan paytda avtomatik parkovka tizimi joylashgan maydonga kirib ketgani aks etgan. U qayerda ekanini anglagunicha, kirish eshigi yopilib, tizim odatdagi ish rejimida harakatlana boshlagan.

Ayol pastki qavatga tushgan bo‘lsa-da, xavfli hududni tark etishga ulgurmagan. Shu paytda navbatdagi avtomobil avtomatik tarzda parkovka ichiga olib kirilgan va ayolni bosib ketgan.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlari olgan. Biroq uning ayni paytdagi sog‘lig‘i haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar