Yoqilg‘i quyish shoxobchalarida issiq kunlar uchun yangi tartib belgilandi

Issiq kunlarda yoqilg‘i quyish shoxobchalarida xavfsizlik choralari kuchaytiriladi. Yangi talablarga ko‘ra, benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gazni ortish-tushirish ishlari alohida nazorat ostida o‘tkaziladi.
Bu jarayonlarda sanoat xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy amal qilinishi shart. Ayniqsa, havo harorati yuqori bo‘lgan paytlarda yoqilg‘i mahsulotlari bilan ishlashda ehtiyotkorlik choralari kuchaytiriladi.
Yong‘in yoki portlash xavfini kamaytirish uchun suyultirilgan gazni ortish-tushirish ishlari havo juda isib ketgan vaqtlarda vaqtincha to‘xtatib turilishi belgilangan.
Talablar yoqilg‘i quyish shoxobchalarida ish jarayonlarini xavfsiz tashkil etish va odamlar hayoti hamda mol-mulkka xavf tug‘diruvchi holatlarning oldini olishga qaratilgan.































Izohlar 0
…