Toshkent va Bekobod o‘rtasida yangi elektropoyezd qatnovi boshlandi

Toshkent va Bekobod o‘rtasida yangi elektropoyezd qatnovi boshlandi

Toshkent va Bekobod o‘rtasida yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Olti vagondan iborat zamonaviy tarkib 192 kilometrlik yo‘nalishda harakatlanadi.

Ma’lumotga ko‘ra, poyezd bir kunda 1 000 nafargacha yo‘lovchi tashish imkoniga ega. Yillik hisobda bu ko‘rsatkich 300 ming nafargacha yetishi mumkin.

Yangi elektropoyezdda 586 ta o‘rindiq mavjud. Tarkib soatiga 120 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi.

Yo‘lovchilar uchun konditsioner, isitish tizimi, yumshoq o‘rindiqlar, Wi-Fi va USB-raz’yomlar o‘rnatilgan. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ko‘targichlar, velosipedlar uchun maxsus maydonchalar ham ko‘zda tutilgan.

Xavfsizlik uchun videokuzatuv tizimi va elektron axborot tablolari ishlaydi. Yangi reys Toshkent va Bekobod o‘rtasidagi transport aloqasini yaxshilash hamda yo‘lovchilarga qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar