Toshkentda nizoli oilalar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi

Toshkentda nizoli oilalar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi

Toshkent shahrida “Zo‘ravonlikka qarshi birdamlik” shiori ostida hamkorlik tadbiri o‘tkazildi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB rasmiy kanali.

Tadbir Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Unda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shahnoza Sultanova, shuningdek, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar, shuningdek, zo‘ravonlik sodir etgan yoki bunday xatti-harakatlarga moyil shaxslar bilan profilaktik suhbatlar olib borildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad zo‘ravonlik holatlarining takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, tajovuzkor xulq-atvorni o‘zgartirish hamda ishtirokchilarga zarur ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

Mazkur tashabbus oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha idoralararo hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar