1 iyuldan O‘zbekiston OTMlarining magistratura yo‘nalishlariga hujjat qabul qilish boshlandi

2015 yil 1 iyul kuni O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalarida (harbiy OTMlardan tashqari) 2015—2016-o‘quv yili uchun magistratura yo‘nalishlariga qabul komissiyalari ish boshladi. Bu haqda «Xushnudbek.uz»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar berdi.
Hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi. Joriy yilda 68 ta OTMlarga 5 ming nafar magistr talabalar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Magistraturaga kirishda abiturientlar (bakalavr darajasiga ega bo‘lganlar, diplomli mutaxassislar) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- magistratura mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
- oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
- 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
- 086-U — shakldagi tibbiy ma’lumotnoma.
Hujjatlar taqdim etilishi jarayonida abiturientlar pasport va harbiy xizmatga aloqadorlik haqidagi hujjatlarini shaxsan ko‘rsatadilar. Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mavjud bo‘lganda oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi abiturientning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 23 iyuldagi №206-sonli qaroriga asosan, «Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlangan bo‘lib, mazkur OTM magistraturasiga qabul aynan o‘sha Nizomga asosan olib boriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing