22:40 / 03.06.2017
8 056

4 iyun ob-havo ma’lumoti: issiqdan zerikib, yomg‘irni kutganlar bormi?

4 iyun ob-havo ma’lumoti: issiqdan zerikib, yomg‘irni kutganlar bormi?
Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, 4 iyun kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgarib turadi.

Marhamat, ertangi ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.

Ertaga Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, chaqmoq chaqishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +31... +33, kechasi esa +20... +22 daraja issiq bo‘ladi. Shamol sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda esib, 12-17 metr tezlikkacha kuchayishi mumkin.

Farg‘ona, Namangan va Andijonda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, chaqmoq chaqishi kutilmoqda. Harorat +28... +33, kechasi esa +15... +20 bo‘lishi kutilmoqda. Shamol sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda esib, 12-17 metr tezlikkacha kuchayishi mumkin.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, chaqmoq chaqishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +31... +36, kechasi esa +17... +22 bo‘lishi aytilmoqda. Shamol sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda esib, 12-17 metr tezlikkacha kuchayishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi. Harorat kunduzi +28... +33, kechasi +15... +20 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi +30... +35, kechasi +17... +22 bo‘ladi. Shamol sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda esib, 12-17 metr tezlikkacha kuchayishi mumkin.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi +32... +37, kechasi +20... +25 bo‘ladi. Shamol sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda esib, 12-17 metr tezlikkacha kuchayishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 4 iyun ob-havo ma’lumoti: issiqdan zerikib, yomg‘irni kutganlar bormi?