O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Ostona shahriga keldi. Bu haqda “O‘zA”ga tayanib “Gazeta.uz” xabar qildi.
Sammitda ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari tashkilotning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishi, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb muammolari yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.
Majlisda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, ShHT faoliyatini kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, shuningdek, terrorizm va diniy eksremizmga qarshi kurashni kuchaytirish masalalari ham muhokama qilinadi.
Ostona shahrida ShHTning Toshkent sammiti qarorlarini amalga oshirish bo‘yicha Hindiston va Pokistonni tashkilot a’zoligiga qabul qilish jarayoni nihoyasiga etkazilishi rejalashtirilgan.
Sammit doirasida Prezidentimizning qator delegasiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlari ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida EXPO — 2017 ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazmaning rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi