Toshkentning ikki tumanida sovuq suv o‘chirildi: qachon qayta berilishi ma’lum qilindi

Toshkentning Yunusobod va Olmazor tumanlarida rejali ishlar sabab ayrim hududlarda sovuq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Cheklovlar turar joylar bilan birga qator ta’lim va tibbiyot muassasalariga ham ta’sir qiladi.
Yunusobod tumanida quyidagi manzillarda suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan:
-4, 6, 11–14, 17–19-mavzelar;
-Chinobod va Yangi Shahar hududlari;
-Azimtepa, Farog‘at va Kulolqo‘rg‘on ko‘chalari hamda ularga tutash hududlar.
Suv ta’minotidagi cheklovlar Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, 271-maktab, "Temurbeklar maktabi", bolalar va nefrologiya shifoxonalari, shuningdek, harbiy gospital faoliyatiga ham ta’sir qiladi.
Olmazor tumanida esa quyidagi mahallalarda suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan:
"Ahil";
"Moyariq";
"Nihol";
"Yuqori Beshqo‘rg‘on". Rejali ishlar yakunlangach, suv ta’minotini 29-sentyabr kuni soat 15:00 da tiklash rejalashtirilgan.
Aholiga vaqtinchalik cheklovlarni inobatga olib, zarur suv zaxirasini tayyorlab qo‘yish tavsiya etiladi.































Izohlar 0
…