05:50 / 07.07.2017
7 434

Banklar valyuta savdosini bozor kursida amalga oshira boshlaydi

Banklar valyuta savdosini bozor kursida amalga oshira boshlaydi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 iyunda qabul qilingan 449-son qaroriga muvofiq, «Birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish operasiyalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.

«Kommersant.uz» xabar berishicha, bundan buyon birjadan tashqari valyuta bozoridagi operasiyalar vakolatli banklar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida bozor kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, shu paytga qadar Nizomning 43- bandida «Birjadan tashqari valyuta bozoridagi operasiyalar so‘nggi banklararo savdo sessiyasida xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklif asosida shakllanadigan erkin kurs bo‘yicha amalga oshiriladi» deb belgilangan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Banklar valyuta savdosini bozor kursida amalga oshira boshlaydi