04:03 / 08.07.2017
6 160

Senat o‘z faoliyatining 6 oyi bo‘yicha xalqqa hisobot berdi

2017 yil 7 iyul kuni O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Mediamarkazida Xalqaro Press-klub hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan “Senat olti oyda: sarhisob va tahlil” mavzuida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Tadbirda Senat qo‘mitalari raislari va ularning o‘rinbosarlari, Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar, Senat devoni xodimlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, jamoat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari, ekspertlar, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Ochiq muloqot tarzida kechgan Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining joriy yil o‘tgan olti oyi mobaynidagi faoliyati Senat Qo‘mitalari kesimida sarhisob qilindi.

Hisobot davrida Oliy Majlis Senatining ikkita yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Ularda 16 ta qonun muhokama etildi. Makzur qonunlarning 2 tasi yangidan ishlab chiqilgan, 8 tasi amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchlar kiritish, 6 tasi xalqaro hujjatni ratifakasiya qilishga oid hujjatlardir.

Shuningdek, Senatda diplomatik korpus, xorijiy delegasiyalar vakillari, xalqaro kompaniyalar va moliya institutlari bilan 80 dan ortiq uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida senatorlar tomonidan demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda va mamlakatni modernizasiya qilishda Oliy Majlisning rolini yanada kuchaytirish O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilanganligi qayd etildi.

Senatorlar tomonidan qayd etilganidek, Davlat hokimiyati tizimida parlament rolini kuchaytirish, ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan parlament nazoratini takomillashtirish, qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish yuzasidan aniq choralar ko‘rilmoqda. Saylovchilar bilan o‘zaro aloqa yo‘lga qo‘yilgan. Senat a’zolari har oyda 10-12 kun respublika tumanlaridagi ishlarning holatini o‘rganadilar.

Shuningdek, Senatning ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish komissiyasining yig‘ilishlari o‘tkazilib, ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyati, ushbu yo‘nalishdagi tizimli kamchilik va muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama etildi. Muhokama yakuni bo‘yicha Komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Bundan tashqari, Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sud nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va liberallashtirishning huquqiy asoslari rivojlantirilmoqda. Joylardagi ishlarning holatini davlat organlari bilan hamkorlikda parlament a’zolari tomonidan o‘rganish davomida ijtimoiy-siyosiy, sosial-iqtisodiy, sud-huquq islohotlarining borishiga qonunlarning ta’sirini kuchaytirish choralari ko‘rilmoqda.

Muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va taklif etilgan ekspertlar jurnalistlarning ko‘plab savollariga javob berdilar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Senat o‘z faoliyatining 6 oyi bo‘yicha xalqqa hisobot berdi