
12 iyul kuni Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan navbatdagi videoselektorda Senat Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev hamda Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov tanqidga uchradi, deb yozadi Kun.uz nashri.
«Men turli yig‘ilishlarda, biz ikki yil davomida favqulodda safarbarlik holatida ishlashimiz kerak, degan fikrni doimo aytib kelyapman.
Lekin, afsuski, bu masala bo‘yicha Oliy Majlis va uning rahbariyati, xususan, Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Mo‘ydinxonovich Ismoilov, Senat Raisi Nig‘matilla To‘lqinovich Yo‘ldoshevning pozisiyasi na ularning chiqishlarida, na amaliy harakatlarida sezilyapti», deya davlat rahbari so‘zlarini keltirgan O‘zA.
Prezident parlamentda fraksiyalar o‘rtasida fikrlar xilma-xilligi va raqobat yo‘qligini qattiq tanqid qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar