22:09 / 13.07.2017
6 700

Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari iste’foga chiqarildi, u bu lavozimda 1990 yildan buyon ishlagan

Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari iste’foga chiqarildi, u bu lavozimda 1990 yildan buyon ishlagan
Tatyana Nikolaevna Guskova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti rasmiy saytida xabar berilgan.

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 iyuldagi PQ-3131-son qaroriga muvofiq Guskova Tatyana Nikolaevna nafaqaga chiqishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi», — deyiladi xabarda.

Guskova 1950 yilda tug‘ilgan, 1971 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. U O‘zbekiston moliya vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimida 1990 yildan beri ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning mayida Ahadbek Haydarov, iyun oyida Abduhafiz Karimov Botir Xo‘jaevga o‘rinbosar etib tayinlangandi.

Ayni vaqtda vazirlik saytida Ahadbek Haydarov vazirning birinchi o‘rinbosari sifatida ko‘rsatilgan.

Ahadbek Haydarov vazirning o‘rinbosari sifatida ijtimoiy soha, ilm-fan, boshqaruv organlarini moliyalashtirish masalalarini va Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi faoliyatini nazorat qilib kelayotgandi. Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Ahadbek Haydarov «Mikrokreditbank» ATB Boshqaruv raisi bo‘lib ishlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari iste’foga chiqarildi, u bu lavozimda 1990 yildan buyon ishlagan