O‘zbekiston Qozog‘iston porti orqali tashuvlarni amalga oshiradi

O‘zbekiston Qozog‘iston porti orqali tashuvlarni amalga oshiradi
O‘zbekiston va Qozog‘iston tomoni O‘zbekiston yuklarini Qozog‘istonning Kaspiy dengizidagi Kurik porti orqali tashish ishlarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston Qozog‘iston porti orqali tashuvlarni amalga oshiradi
Bu masala O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruvi raisi Ochilboy Ramatov va "Qozog‘iston temir yo‘li" kompaniyasi rahbari Kanat Alpisboyevning Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida muhokama qilindi. Bu haqda Qozog‘iston kompaniyasi xabar qilmoqda.

O‘zbekistondan keltirilgan yuklar Kurik portidan Ozarboyjon, Rossiya va Eron portlariga keltirilishi mumkin.

Uchrashuv chog‘ida temir yo‘l transportida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ham muhokama qilingan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar