6 329
O‘zbekistonda har bir chek haqida soliq organlariga ma’lumot etkazadigan nazorat-kassa mashinalari o‘rnatiladi
O‘zbekistonda joriy etilayotgan yangi tizimga muvofiq, urilgan cheklar haqidagi ma’lumot nazorat-kassa apparatlaridan soliq organlariga etkaziladi. Bu «Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmonida nazarda tutilgan. Bu haqda «Norma» saytiga tayanib «Daryo» nashri yozmoqda.
2018 yildan bunday kassa mashinalari Toshkentda, Nukusda va viloyat markazlarida o‘rnatiladi, so‘ng butun respublika bo‘ylab bosqichma-bosqich joriy etiladi.
«Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida soliq organlariga hisob-kitoblar haqidagi ma’lumotlarning onlayn rejimida berilishini ta’minlaydigan nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash orqali naqd pul tushumi ustidan avtomatlashtirilgan nazorat tizimi joriy etiladi, respublikaning qolgan hududlarida mazkur tizim bosqichma-bosqich kiritiladi», — deyiladi farmonda.
Onlayn nazorat-kassa mashinalari naqd tushum nazorati avtomatlashgan tizimining bir qismi bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, amaldagi tizim tovar va xizmatlar etkazilishida real naqd tushumni hisoblab borish imkoniyatini bermaydi. Ya’ni, unda nazorat-kassa mashinalarining qo‘llanilishi cheklar va kassa jurnallari bilan qallobliklar amalga oshirilishini istisno qilmaydi, bu esa ayrim soliq to‘lovchilar daromadini past ko‘rsatishiga olib keladi. Bu nafaqat davlat byudjetiga, balki noteng sharoitda raqobatga dosh berishiga to‘g‘ri kelayotgan halol tadbirkorlarga ham zarar keltiradi.
Onlayn texnologiyalarning joriy etilishi:
- soliq to‘planishining ko‘payishini;
- soliq to‘lovchini nazorat qilish uchun bevosita uning yoniga borish ehtiyojining tug‘ilmasligini;
- adolatli raqobat muhiti yaratilishini;
- davlatga ham, biznesga ham asqatadigan talab va taklif haqidagi axborotning to‘planishini ta’minlaydi.
«Onlayn nazorat-kassa mashinalariga o‘tilishi nazorat-kassa texnikasi qo‘llanilishidagi shunchaki navbatdagi bir o‘zgarish emas. Bu savdo va xizmat sub’ektlari soliq ma’muriyatchiligidagi chinakam inqilobdir», — xulosa qiladi material mualliflari.
Yangi tizimga o‘tilishi:
- nazorat-kassa apparatlarining yoppasiga yangilariga almashtirilishini yoki modernizasiya qilinishini;
- mobil aloqaning yangi va ishonchli kanallari yaratilishini;
- ulkan miqdordagi axborotni etkazish, tahlil qilish va saqlash uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqilishini, serverlar xarid qilinishini;
- kassa texnikasidan foydalanuvchilarni qayta o‘qitishni talab qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi