6 958
Shavkat Mirziyoyev: «Ikki yildan keyin hamma joyga yosh, vatanni sevgan kadrlar keladi»
9 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida prezident o‘tgan hafta televidenieda yoritilgan, Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumanidagi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh shahridagi vaziyatga e’tibor qaratdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Prezident Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Muso Erniyozov hamda Toshkent viloyati hokimi Shukrullo Boboyevni keskin tanqid qilib, ogohlantirdi.
«Ishlamaganlar ketadi. Ikki yil chidanglar, ikki yil o‘zlaringni qiynanglar. Ikki yildan keyin bari joy joyiga tushadi.
Ikki yildan keyin yosh yigitlar keladi. Zabardast, fidoyi, muhimi vatanni sevadigan bolalar! Mana, hozir yoshlar kelayapti. 25 yosh bo‘lsayam vazir qilaman! Vatanni sevsa, bo‘ldi! O‘rgataman ularni! Sizlarga esa shuncha selektordan keyin ham o‘rganmayapsizlar. (jimlik)
Oqqo‘rg‘ondagi ahvolni ko‘rdim, dardini eshitdim. Uyqu keladimi ko‘zga? Soat ikki edi…
Yoki Taxiatoshda gapirgan ayolning ahvolidan ko‘zga yosh keladi. Bu O‘zbekistonda bo‘layotganiga ishonib bo‘lmaydi.
Janob Erniyozov esa, «Bu meniki emas ekan, «O‘zbekenergo»niki ekan», deb o‘zlarini xursand qilayapti. Go‘yoki, Taxiatoshdagi muammolar unga taalluqli emas.
Bu faqat ikki holat. Hamma viloyatga taalluqli bu. Hammaning oyog‘i erdan uzilgan, buni juda yaxshi bilaman. Eplolmaysanmi, ket unda, vijdoning bo‘lsa.
Axir odamlar kundalik ehtiyoj bo‘lgan ichimlik suvi yoki yashash uchun boshpanaga zor bo‘lib o‘tiribdi», degan prezident.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda prezident 23 yoshli Alisher Sa’dullaevni Xalq ta’limi vaziriga o‘rinbosar, 25 yoshli Olim To‘ychievni O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktoriga o‘rinbosar etib tayinlagandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»